Akeley

Akeley, Akleybeher(nemischa: Akeleibecher, Ageleibecher) — katta „qoʻngʻiroq shaklidagi“ baland qopqoqli, kumushdan ishlangan kubok boʻlib, zargarlik sanʼatiga oid ishlardan sanaladi.

Akeley-shisha idishning nomi boʻlib, bu nom nemis tilida Akelei — Akvilegiya " suvni toʻplovchi " (lotincha: Aquilegia) guliga qiyoslab berilgan. Uning shakli oʻsha davrda manzarali va dorivor oʻsimlik sifatida juda qadrlangan kolumbin „qoʻngʻiroq“ guliga oʻxshaydi, deb hisoblangan. Bundan tashqari, bu gul oʻrta asrlar sanʼatida Muqaddas Ruhning timsollaridan biri boʻlib, odamni jodugarlik va iblisning hiyla-nayranglaridan himoya qilishiga ishonishgan.

Dastlabki akeleylar 15-asrning oxiri yoki 16-asrning boshida yaratilgan.

Bunday qadahni ishlab chiqarish yuqori mahorat talab qilar edi. Shuning uchun ham 15-asrdan 18-asrgacha zargar ustaxonaga ishga qabul qilinayotganida ishlari orasida akeley bokalini taqdim qilishi shart edi. Bu uning mahorati darajasini belgilab bergan.(nemischa:Meisterwerk).

Taxminlarga koʻra, akeleyning birinchi klassik namunasi 1571 yilda taniqli usta, Nyurnberglik „zargar“ (nemischa:Goldschmied) Venzel Jamnitser tomonidan ishlangan . Keyinchalik ularning aksariyati „Yamnitzerning Akeleylari“ deb nomlangan (nemischa:Jamnitzers Ageleybecher). Bunday kuboklar Nyurnberg, Augsburg, Gamburgda tayyorlangan. Ular zarhallangan. Gravyura va haykaltaroshlik detallari bilan bezatilgan. Shuningdek, bukl texnikasi (qadahga boʻrtma bezaklar yopishtirilgan, bu oʻz navbatida sirtdagi yorugʻlik oʻyinini kuchaytirgan) qoʻllanilgan. Ularning shakli Shimoliy Uygʻonish davridan Shimoliy Evropa manyerizmi va nemis barokkosiga oʻtish davrining estetikasini aks ettirdi.

Akeley badavlat byurgerlar, kurfyurst (kadimgi Germaniyada: imperator saylash huquqiga ega boʻlgan davlatmand knyazʼ) lar va qirollar, oʻzlarining muzeylari uchun ajoyib buyumlarni toʻplovchilar orasida juda mashhur edi. Bayram dasturxonida bunday qadahning mavjudligi xonadon egasining badavlat ekanligidan dalolat bergan Bundan tashqari, bezak sifatida koʻpincha oʻsimlik ornamentlari va dengiz mifologiyasi obrazlari ishlatilgan.

Akeley koʻpincha XVII-XVIII asrlardagi Gollandiya, Flamand va Germaniya maktablarining natyurmortchi rassomlarining ishlarida aks etgan. 17-asrdagi gollandiyaliklarning rasmlari ham bunga misoldir.


Lotin alifbosida maqola: Akeley haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты