Akfa universiteti

AKFA Universiteti Oʻzbekistonda ochilgan ilk xususiy universitetlardan biridir. Universitet Oʻzbekiston vazirlar mahkamasining 2019-yil 15-fevral kuni qabul qilingan qarori asosida tashkil etilgan..

Universitetning taʼsischisi – zamonaviy tibbiyot klinikasi AKFA Medline.. Universitet sogʻliqni saqlash va iqtisodning boshqa sohalari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.

2017-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi AKFA Medline klinikasiga tashrif buyurdi va u yerda tashkil etilgan sharoitlar bilan tanishdi. Tashrif doirasida u Koreya Respublikasi tajribasi asosida sogʻliqni saqlash sohasi uchun mutaxassislarni tashkil etishni taklif etadi.

AKFA Medline menejmenti Koreya Respublikasining bir necha oliy taʼlim muassasalari bilan yangi universitetga hamroh boʻlish masalasida muzokaralar oʻtkazdi. Bir necha muzokaralardan keyin, AKFA Universiteti hamkori sifatida Gachon Universiteti tanlandi.

AKFA Universiteti oʻz faoliyatini 2019-2020 oʻquv yilidan boshladi..

Hozirgi kunda AKFA Universitetida toʻrtta maktab faoliyat yuritmoqda:

  • Tibbiyot maktabi
  • Taʼlim maktabi
  • Biznes maktabi
  • Injiniring maktabi

Bugungi kunda AKFA Universiteti mahalliy va xorijlik talabalar uchun 15 ta bakalavriat dasturini taklif etmoqda..

  • Tibbiyot maktabi
  • Tibbiyot
  • Stomatologiya
  • Farmatsevtika
  • Hamshiralik ishi
  • Tibbiyot maktabi
  • Amaliy matematika
  • Ingliz tili
  • Biznes maktabi
  • Buxgalteriya va moliya
  • Iqtisod
  • Xalqaro biznes va konsalting
  • Tadbirkorlik va innovatsiyalarni boshqarish
  • Raqamli marketing
  • Injiniring maktabi
  • Dasturiy injinring
  • Kompyuter injiniringi
  • Fuqarolik qurilishi
  • Arxitektura va dizayn

2021-yilning fevral oyida AKFA Universiteti yangi zamonaviy kampus qurilishi boshlangani haqida eʼlon qildi. Kampus Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan edi. 2021-yilning avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarini oʻzgartirish boʻyicha qaror qabul qildi.. Natijada endilikda kampus Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashdi.

AKFA Universiteti maʼlumotiga koʻra, Turkiyaning NKY Architects and Engineers kompaniyasi kampusning konseptual dizaynini ishlab chiqdi.. Yangi kampus 2021-yilning oktabr oyida ishga tushdi.

AKFA Universiteti Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari orasida birinchi boʻlib Times Higher Education (THE) ning Impact Ranking reytingiga kirdi . Umumiy reytingda AKFA Universiteti 29,5 ball bilan 1001+ guruhiga kiritildi. THE University Impact Rankings umumiy reytingiga jami 1115 ta OTM kiritilgan. Shuni taʼkidlash kerakki, AKFA Universiteti 17 ta BRMdan oltitasida ishtirok etdi:

В общем рейтинге Университет AKFA вошел в группу 1001+ с 29,5 баллами. Отметим, что Университет AKFA принял участие в шести из 17 ЦУР:

BRM 1 – Qashshoqlikning barcha turlarini tugatish: 591 OTM orasida 301-400 oʻrin

BRM 3 – Sogʻlom hayot va farovonlikni taʼminlash: 871 OTM orasida 801+ oʻrin

BRM 5 – Gender tenglik: 776 OTM orasida 601+ oʻrin

BRM 8 – Samarali bandlikni oshirish hamda erkaklar va xotin-qizlarni munosib ish bilan taʼminlash asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy oʻsishga koʻmaklashish: 685 OTM orasida 401-600 oʻrin

BRM 16 – Barqaror rivojlanish maqsadlari yoʻlida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga koʻmaklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni taʼminlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish: 653 OTM orasida 401-600 oʻrin

BRM 16 – Barqaror rivojlanish maqsadlarida Global sheriklik doirasida amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va ishlarni faollashtirish: 1154 OTM orasida 1001+ oʻrin.


Lotin alifbosida maqola: Akfa universiteti haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты