Ulug'bek Rahmatullaev - Seniki

Seniki, seniki, ixtiyorim seniki,
Seniki, seniki, mani borim seniki.
Seniki, seniki, maqtovlar ham seniki,
Meniki, meniki, xatolarim meniki.

Men roziman ne istasang,
Bo`lsang bo`ldi mendan rozi.
Sen ne desang, jon degayman,
Zarra yo`qdir e’tirozim.

Men taslimman ne istasang,
Bo`lsang bo`ldi mendan rozi.
Sen yuragimda bir umrga,
Sevgimning yo`qdir qiyosi.

Seni, seni o`zing, kechayu-kunduzing,
Har bir so`zing menga darkor.
Seni o`zing hayot, seni o`zing najot,
O`zingdan o`zgani qilarman inkor.

Seniki, seniki, ixtiyorim seniki,
Seniki, seniki, mani borim seniki.
Seniki, seniki, maqtovlar ham seniki,
Meniki, meniki, xatolarim meniki.

Avvali ham O`zing, oxiri ham O`zing,
Botini ham O`zing, zoxiri ham O`zing.
Biz hammamiz foniy, faqat O`zing boqiy,
Aybu-nuqson bizda, faqat bekam O`zing.

Seni, seni o`zing, kechayu-kunduzing,
Har bir so`zing menga darkor.
Seni o`zing hayot, seni o`zing najot,
O`zingdan o`zgani qilarman inkor.

Seniki, seniki, ixtiyorim seniki,
Seniki, seniki, mani borim seniki.
Seniki, seniki, maqtovlar ham seniki,
Meniki, meniki, xatolarim meniki.

(Sen ne desang, jon degayman,
Zarra yo`qdir e`tirozim.)
Men taslimman ne istasang…
Bo`lsang bo`ldi mendan rozi.

Seniki, seniki, ixtiyorim seniki,
Seniki, seniki, mani borim seniki.
Seniki, seniki, maqtovlar ham seniki,
Meniki, meniki, xatolarim meniki.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Munisa Rizayeva, Ulug'bek Rahmatullaev - Chakanamas
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Ozoda Nursaidova - Hayot
Rayhon, Ulug'bek Rahmatullaev Shunchaki
O'lmas Olloberganov - Mehmon ekanmiz


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты