Xurshid Rasulov - Ostonadan qaytgan sovchilar

Ostonadan qaytgan sovchilar,
Mening ismim aytgan sovchilar,
Mendan uzr, sevgimdan uzr,
Ostonadan qaytgan sovchilar. (x2)

Biri onam, birlari xolam,
Ko`zlariga tor bo`lib olam,
Nahot shuncha baxtsiz deb bolam,
Ostonadan qaytgan sovchilar. (x2)

Bilmay sevdim olovni, muzni,
Bilmay sevdim bahorni, kuzni. (x2)
Endi qanday yupatay sizni?
Ostonadan qaytgan sovchilar.

Poyingizga boshimni uray,
Xudoyimdan umrlar so`ray. (x2)
Bevafoni sevmay men o`lay,
Ostonadan qaytgan sovchilar.

Boy qizini sevmay men o`lay,
Ostonadan qaytgan sovchilar.

Ushbu qo`shiq matni uchun Umedjon Xayrulloev (@Umedjon_Music)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov - Binafsha
Alisher Zokirov - Onam (2019)
Mango guruhi - Onam qani (Xotira)
Botir Qodirov - Xoji onam
Gulsanam Mamazoitova - Intizor Onam


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты