Yo`limiz boshqa, har taraf ketamiz endi-endi,
Sevgim o`yin ekan, netamiz endi-endi?
Shirin sevgimizni alishding qog`ozlarga,
Yaxshi yashayman, deb nafsing qulisan endi.
Yuragim yig`laydi, lekin kulaman endi-endi,
Sensiz yashamoq og`ir, chidayman endi-endi.
Farishtadek niqobing yecharsan endi-endi,
Bilgin yor, bu gunohing yuvolmaysan endi-endi.
Ichimda gaplar qolib ketdi,
Aytolmadim, yurak seni deb yonib ketdi.
Sevganim kam edimi yoki senga ko`z tegdimi?
Begonalar seni olib ketdi. (x2)
Qaytmagin, orqaga yo`l yo`q, ketaver endi-endi,
Ko`nglimda senga boshqa joy yo`q, boraver endi-endi.
Aytay desam, hatto so`z yo`q, yig`layver endi-endi,
Xatoni men emas, sen qilding, chidaysan endi-endi.
Yillar o`tib bormoqda qara, unutdim endi-endi,
Aslida sening kimliging tushundim endi-endi.
Biz kutgan o`sha yomg`irlar tindi endi-endi,
Yuragimda yashaysan, gulim, bo`ldi endi-endi.
Ichimda gaplar qolib ketdi,
Aytolmadim, yurak seni deb yonib ketdi.
Sevganim kam edimi yoki senga ko`z tegdimi?
Begonalar seni olib ketdi. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: