(Nahot orzularim sindilar chil-chil,
Nahot shum taqdirga bo’ldim men mahbus?
Gullamay sarg`aydi xazon gul umrim,
Nahot bari tamom hali kelmay kuz?)
Falak yig`lar, yurak yig`lar,
Hayotimda topdandim sani.
Falak yig`lar, yurak yig`lar,
Ne savdoga soldilar mani?
Menga taskin shartmas bu kecha,
Dardlarimni kelganman ko`mib.
Sharobingdan quygin, ey soqiy,
Ichmoqchiman bugun men to`yib.
Unutmoqni istaydi vujud
Xiyonatdan topgan alamni.
Eslatmagin, ey do`stim menga,
Ne bo`ldi deb bedard sanamni.
Falak yig`lar, yurak yig`lar,
Hayotimda topdandim sani.
Falak yig`lar, yurak yig`lar,
Ne savdoga soldilar mani?
Nega axir bu dunyo shunday?
Savolingga bermaslar javob.
Sadoqatni arzon baholab,
Xiyonatni qilarlar tavof.
Ko`zlarim ham yig`lamay qoldi,
Imkon izlab xayollar toldi.
Bu boshlarim ishlamay qoldi,
Najot bergin falak bu kecha! {x2}
Falak yig`lar, yurak yig`lar,
Hayotimda topdandim sani.
Falak yig`lar, yurak yig`lar,
Ne savdoga soldilar mani?
(Temirmasku axir bu jonim,
Chok-chokidan so`kilib ketdim.
Sharob ichma, deydi odamlar,
Nima qilay, ezilib ketdim?
Bu ohlarim yurak qa’ridan,
Sevgi desa, o`tgum naridan.
Bari yolg`on, barisi ertak,
Tupurdim men, kechdim baridan!)
Ushbu qo`shiq matni uchun Xolmurod Ibragimovga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: