Hayotda shunday do`stlar bo`larkan,
Yoningda do`stga o`xshab turarkan.
Yuzingga kulib turgani bilan,
Ortingdan seni g`iybat qilarkan.
Ortimdan gapirma,
Ortimdan gapirma, ey do`st.
Yuzimga gapirgin,
Ne so`zing bo`lsada, ey do`st. (x2)
Do`stim, san mani g`iybat qilib,
Obro`yim oshadi deb o`ylama.
Do`stim, Olloh turibdi ko`rib,
Gunohi yomon, g`iybat so`ylama.
Ortimdan gapirma,
Ortimdan gapirma, ey do`st.
Yuzimga gapirgin,
Ne so`zing bo`lsada, ey do`st. (x2)
Uyimda nonim, tuzim yegansan,
Sen hozir eng zo`risan degansan.
Salgina qaytsa ishim orqaga,
U endi bo`ldi, sindi degansan.
Ortimdan gapirma,
Ortimdan gapirma, ey do`st.
Yuzimga gapirgin,
Ne so`zing bo`lsada, ey do`st. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: