Ortiqboy Ro'ziboyev - Taqdirning ishlari

Taqdirning ishlari g`aroyib,
Kecha ko`rganing, bugun yo`q, g`oyib.
Hech narsa abadiymas aslo,
Shunday bo`lsa ham, hayot ajoyib. (x2)

Ne yaxshi, ne yomon, bila olmassan,
Ketdingmi, hech qaytib kela olmassan.
Kim yaxshi, kim yomon, bila olmassan,
Ketdingmi, hech qaytib kela olmassan.

Dunyo deb atalmish hashamat makon,
Biz uchun ochilgan ajoyib do`kon.
Ne olsak, olamiz undan va lekin
Olib ketmoqlikka yo`qdir hech imkon. (x2)

Ne yaxshi, ne yomon, bila olmassan,
Ketdingmi, hech qaytib kela olmassan.
Kim yaxshi, kim yomon, bila olmassan,
Ketdingmi, hech qaytib kela olmassan.

Kurrayi zaminda turli mavjudot,
Intilar qilishga bir-birin barbod.
Bu qiziq dunyoni qanday yaratgan?
Bir tarafda kulgu, bir taraf faryod. (x2)

Ne yaxshi, ne yomon, bila olmassan,
Ketdingmi, hech qaytib kela olmassan.
Kim yaxshi, kim yomon, bila olmassan,
Ketdingmi, hech qaytib kela olmassan. (x1+x2)

Ketdingmi, hech qaytib kela olmassan…

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Ozoda Nursaidova - Hayot
Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov - Bir kami to’lmagan dunyo
Aziza Nizamova, Shuhrat Zokirov - Bir kami to’lmagan dunyo
Umidaxon - Dunyo
Yulduz Usmonova - Dunyo (2020)


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты