Mayin shamollar yetaklaydi sen tomonga,
Shirin xayollar eslatadi seni menga.
Ikkimiz birga orzu qilgan o`sha kunga
Nega yetmadik, yeta olmadik?
O`tgan u kunlar, qaytmas endi biz tomonga,
Bugun armonlar hamroh bo`ldi endi bizga.
Mendan o`zgasi yoring bo`ldi endi senga,
Endi ne qilay, qandayin chiday?
Endi yo`q ko`zimga boqqan ko`zlar,
Endi yo`q jonimga yoqqan so`zlar,
Endi yo`q, xayoldan ketmas yuzlaring,
Endi yo`q! (x2)
Endi yig`laydi bizni kutgan lolalar ham,
Endi yig`laydi bizni deb kuy, nolalar ham.
Sog`inarman ko`p unutolmay seni bir dam,
Unutolmayman, unutolmayman.
Qaytarib bergin senla yongan zor qalbimni,
Qaytarib bergin senla o`tgan kunlarimni.
Muhabbatimni sezmadingmi ko`zlarimdan,
Nahot sezmading, nahot sezmading?
Endi yo`q ko`zimga boqqan ko`zlar,
Endi yo`q jonimga yoqqan so`zlar,
Endi yo`q, xayoldan ketmas yuzlaring,
Endi yo`q! (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: