Yulduz Usmonova - Omon-omon (2019)

Oydinda oy jim edi,
Yulduzlar sim-sim edi.
Bag`rimni yoqma jonim,
Yoningdagi kim edi?

Gumonlar o`ldirdi-ku,
Dunyodan to`ydirdi-ku.
Rashqing bir olov bo`lib,
Borlig`im kuydirdi-ku.

Omon, omon, omoney,
Holim so`rma – yomoney.
Omon, omon, omoney,
Man sog`indim yomoney. (x2)

Menga otilgan toshlar,
Toshmidi? Xarsangmidi?
Tunda yo`lim poylagan,
Rostmidi? Yolg`onmidi?

Malomat yog`dirganlar,
Qaytarolmas yo`limdan.
Bizlarni ayirganlar,
Qutilolmas o`zimdan.

Omon, omon, omoney,
Holim so`rma – yomoney.
Omon, omon, omoney,
Man sog`indim yomoney. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Aziz Rajabiy - Jim-jim
Abdurashid Yo'ldoshev - Sog’indim (2018)
Xurshid Rasulov - Adashmasam bas
Dj Yamin - Jim
Feruza Normatova, Shohjahon Jo'raev - Yog‘ar qor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты