Erkatoyim, nega ko`zlaringda g`am?
Ko`rib seni bemor men ham,
Ko`rib bemor men ham.
Erkatoyim, qaragin yoningdaman,
To`kilgin, darding tinglarman,
Dardingni tinglarman.
His-tuyg`u noaniqligi – nafrat,
Kechirimda halovat, bilmaslikda arosat.
Yuzim kular, ichim jim,
Miya aktiv ishlar betinim.
Boshqa qiladigan ishlar ko`p,
Ammo seni o`ylamay o`tmas kunim.
Xayollarim faqat sen bilan band,
Mendan aslo chiqmas donishmand.
Aqlim yetmas, nima kaming bor, gapir,
Kelmasdan mendan ustun-u baland.
Erkatoyim, nega ko`zlaringda g`am?
Ko`rib seni bemor men ham,
Ko`rib bemor men ham.
Erkatoyim, qaragin yoningdaman,
To`kilgin, darding tinglarman,
Dardingni tinglarman.
Bunaqasi ketmas, mehr avjiga yetmas,
Yuzingda kuz, ichingda tun bo`lsa aloqa davom etmas.
Ta’sir qilar holating, sekin na past ovozing,
Sen uchun bor faqat sen, sen va o`zing.
Bo`ldi jonim bas, yetar, qiynama,
Sen har doim nimadandir norozi.
Jonim, bas, tomoningga boqma,
Ezar yuragimni kuz parishoni.
Erkatoyim, nega ko`zlaringda g`am?
Ko`rib seni bemor men ham,
Ko`rib bemor men ham.
Erkatoyim, qaragin yoningdaman,
To`kilgin, darding tinglarman,
Dardingni tinglarman.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: