Ketish shunday bo`larmi?
Ortingda bir sado yo`q.
Kuyish shunday bo`larmi?
Mening kabi ado yo`q. (x2)
Layli savdosi boshda,
Majnuni bedavo yo`q.
Ketdi otashga tashlab,
Ul dashti karbalo yo`q. (x2)
Kechish shunday bo`larmi –
So`nggi so`z yo vido yo`q?
Suyish shunday bo`larmi?
Mening kabi ado yo`q. (x2)
Layli savdosi boshda,
Majnuni bedavo yo`q.
Ketdi otashga tashlab,
Ul dashti karbalo yo`q. (x2)
Kechmish shunday bo`larmi?
Baxt yoki bir jazo yo`q.
Deyman kuyib, ey ko`ngil-ey,
Asli senda ibo yo`q. (x2)
Layli savdosi boshda,
Majnuni bedavo yo`q.
Ketdi otashga tashlab,
Ul dashti karbalo yo`q. (x2)
Ul dashti karbalo yo`q… {x2}
Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: