Yuragim seni so`raydi, ne qilay tushunmasa?
Ko`zlarim sensiz yashashimga, afsus, ko`nmasa?
Orzular nega endi biz o`ylaganday bo`lmasa,
Sen sevsang, u sendek sevmasa, sevmasa.
Mening dardim ichimda qolib ketdi, qolib ketdi,
Yolg`onchi yor yuragimni olib ketdi, olib ketdi.
Muhabbatim osmonlarga uchib ketdi, uchib ketdi,
Ko`ngil afsus endi sendan sovib ketdi, sovib ketdi.
Mayli, meni unut, unut-unut mayli,
Biz bo`la olmadik Majnun-u Layli.
Ajralamiz nechun, nimalar tufayli?
Mayli…
Vaqt o`tib, yurak sensizlikga asta ko`nadi,
Dard ketib, baxtli kunlar ham sezaman – keladi.
Orzular o`shanda men istaganday bo`ladi,
Men sevsam, u mendek sevadi, sevadi!
Mening dardim ichimda qolib ketdi, qolib ketdi,
Yolg`onchi yor yuragimni olib ketdi, olib ketdi.
Muhabbatim osmonlarga uchib ketdi, uchib ketdi,
Ko`ngil afsus endi sendan sovib ketdi, sovib ketdi.
Mayli, meni unut, unut-unut mayli,
Biz bo`la olmadik Majnun-u Layli.
Ajralamiz nechun, nimalar tufayli?
Mayli… (x1+x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: