Shunchaki orzular so`ndi,
Shunchaki yuragim ko`ndi,
Bog`imda yangi gul undi,
Shunchaki vaqt davom bo`ldi.
Oppoq qor yog`ar sochimga,
Yolg`izlik tushdi boshimga,
Rahm qilib bardoshimga,
Yana bahor qaytib kel.
Xazonlar to`kildi, qara,
Yo`llarimda yana-yana.
Afsus, endi qaytmaymiz
Ortda qolgan kunlarga. (x2)
Shunchaki sevarmiding sevmasdan?
Shunchaki yonarmiding yonmasdan?
Yolg`on va’dalarga nega meni ishontirgan eding?
Aslida aybdor o`zing, aldading nechun sen guling?
Soxta tuyg`ularingga ko`mib, umrim xazon aylading.
Ko`z o`ngimda sarob bo`lganda xayollarim,
Gohi ortimga qarab, xatoim topolmadim.
Bilmas eding mening dardim,
Bilmas eding sog`inchlarim,
Endi men ham beparvo yashayveraman, jonim.
Shunchaki orzular so`ndi,
Shunchaki yuragim ko`ndi,
Bog`imda yangi gul undi,
Shunchaki vaqt davom bo`ldi.
Oppoq qor yog`ar sochimga,
Yolg`izlik tushdi boshimga,
Rahm qilib bardoshimga,
Yana bahor qaytib kel.
Shunchaki sevarmiding sevmasdan?
Shunchaki yonarmiding yonmasdan?
Yolg`on va’dalarga nega meni ishontirgan eding?
Aslida aybdor o`zing, aldading nechun sen guling?
Soxta tuyg`ularingga ko`mib, umrim xazon aylading.
Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: