Zohid - So’ramanglar

Tun. Yolg`izlik. Va bir o`zim.
Yulduzlar qarab so`rar senga ne bo`ldi deb o`zi,
Hey, senga o`zi.

So`ramanglar, bugun u ketdi mendan so`nggi bor,
So`ramanglar, qaytmasa kerak endi xoynahoy.
So`raganlar, to`yib kulib olinglar ustimdan,
So`ramanglar, unutilar balkim u oyma-oy.

Sen ketgan yo`lga ko`z tikmadim,
Shunda ham eshitilar qadam.
Sen ketding meni kechiring deya,
Shunda ham qilar ekan alam.

Qanday kirib kelding, bilmayman,
Hayotimga mening sezdirmay.
Sen o`g`irlab ketganding yurakdan,
Qaytib kelmas boshqa ertakday.

Qanday seni sevdim, bilmayman,
Yuragimni berdim, bilmayman.
O`zimni o`zim sezmayman,
Yolg`iz mahal izlayman.

O`ylamanglar, oson ko`ringani bilan osonmas,
O`ylamanglar, ravon ko`ringani bilan ravonmas.
Ayb izlamanglar, hamma ayb bo`ynimda qoldi,
Eslatmanglar, sog`inch bo`lib to`kilmayman yo`lingga.

Yomg`ir bo`lib tomchilar yolg`izlik tomchilari,
Shivir-shivirlab yodimga solar seni.
Endi biz begonalar, sen ketib, men darbadar,
Hayot yo`llarimda adashib qoldim.

Qanday kirib kelding, bilmayman,
Hayotimga mening sezdirmay.
Sen o`g`irlab ketganding yurakdan,
Qaytib kelmas boshqa ertakday.

Qanday seni sevdim, bilmayman,
Yuragimni berdim, bilmayman.
O`zimni o`zim sezmayman,
Yolg`iz mahal izlayman.

Senga chindan ishongan yurak o`ldi yolg`onda,
Yolg`onlaringdan kuyib, alamda yonmoqda.
Kechalari ko`klarga qarab sani so`rayman,
Qaytmasligingni bilib nega so`rayman?

Sen mening eng katta boyligimsan bu dunyoda,
Xonavayron bo`ldim, hayotim davomida.
Tunga aytdim sirlarim – tun ham hayronda,
Endi xiyonat azobi menga ayonda.

Hech kimga ko`rmayman ravo, bu dard bedavo,
Qilar ekan ado, qolsang yolg`onlar aro.

Qanday kirib kelding, bilmayman,
Hayotimga mening sezdirmay.
Sen o`g`irlab ketganding yurakdan,
Qaytib kelmas boshqa ertakday.

Qanday seni sevdim, bilmayman,
Yuragimni berdim, bilmayman.
O`zimni o`zim sezmayman,
Yolg`iz mahal izlayman.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Ozoda Nursaidova - Alam
Zohid - Yolg’onlaring
Sardor Mamadaliyev - Sen ketding
Dj Piligrim - Man daydi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты