Yahyobek Mo'minov - Zebijon

Holimni zabun aylab,
Zolim bo`lma, Zebijon.
Yosh umrimga ataylab
Zomin bo`lma, Zebijon. (x2)

Zorlanaman zor etma,
Muhabbatim xor etma,
Zarra ishq bo`lsa qalbingda,
Mani intizor etma.

Zebi, Zebi, Zebijon,
Zor etmagin, Zebijon.
Qora, qora sochingni
Dor etmagin, Zebijon.

Begonani yor etma,
Ishqimdan topgin panoh.
Olov, olov muhabbatimga
Zamon-u zamin guvoh. (x2)

Zorlanaman zor etma,
Muhabbatim xor etma,
Zarra ishq bo`lsa qalbingda,
Mani intizor etma.
Zebi, Zebi, Zebijon,
Zor etmagin, Zebijon.
Qora, qora sochingni-yey
Dor etmagin, Zebijon. (x1+x1)

Zebi, Zebi, Zebijon,
Zor etmagin, Zebijon.
Qora, qora sochingni-yey
Dor etmagin, Zebijon.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Ro'zimuhammad Mo'minov, Sobirjon Mo'minov - Ko’z tegmasin
Leyla - Yor-yor
Ozoda Nursaidova - Zolim yillar
Sevinch Mo'minova - Zolim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты