Bahrom Nazarov - Qora bulut

Ey bulut, qora bulut,
Yuragim pora, bulut.
Yulduzim diydoriga
Topib ber chora, bulut. (x2)
Topgin bir chora, bulut.

Ko`zim tushmay ko`ziga,
Intizorman o`ziga.
Yomg`irday yor yuziga
Tomsaydim zora, bulut. {x2}

Qaldirg`och ko`zliginam,
U shirin so`zliginam,
Dil sirin menga bu dam
Aytsin bir bora, bulut. {x2}

Ey bulut, qora bulut,
Yuragim pora, bulut.
Yulduzim diydoriga
Topib ber chora, bulut,
Topgin bir chora, bulut. (x2)

Baxtimiz kechasida,
Gulyuzim ko`chasida,
Chaqmog`ing chaqib-chaqib,
Sog`aver, qora bulut,
Sog`aver, qora bulut. (x2)

Ey bulut, qora bulut,
Yomg`iring chorla, bulut.
Go`zalim o`z-o`zimga
Bo`ldi yor-yora, bulut,
Bo`ldi yor-yora, bulut. (x2)

Ey bulut, qora bulut,
Yuragim pora, bulut.
Yulduzim diydoriga
Topib ber chora, bulut,
Topgin bir chora, bulut. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Nasiba Abdullaeva - Qaldirg’och
Shaxriyor, Yulduz Usmonova - Dam-badam
Amira Alibekova - Bilsang


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты