Qo`ygin, tikonlaring sanchma menga, gul,
Dilim yomon o`ydan yiroqdir butkul.
Yoqimli bo`yingni sog`indi ko`ngil,
Iforing qizg`onma mendan, atirgul.
Taqdir saodatni qizg`andi yetar,
Mehrni, omadni qizg`andi yetar,
Suyganim visolni qizg`andi yetar,
Iforing qizg`onma mendan, atirgul.
Atirgul, gul, gulim, atirgul,
Sendan ko`ngil yiroqdir butkul.
Xushbo`y isdan mast bo`lganda dil,
Tikonlaring sanchma, atirgul. (x2)
Yuragim to`la dard, tinglaguvchi yo`q,
Yiqilsam do`st bo`lib suyaguvchi yo`q,
Sendan o`zga ko`nglim xushlaguvchi yo`q,
Iforing qizg`onma mendan, atirgul.
Yo yashash sirini bilolmadimmi?
Xudoning berganin ololmadimmi?
Bir daydi yelchalik bo`lolmadimmi?
Iforing qizg`onma mendan, atirgul.
Atirgul, gul, gulim, atirgul,
Sendan ko`ngil yiroqdir butkul.
Xushbo`y isdan mast bo`lganda dil,
Tikonlaring sanchma, atirgul. (x2+x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: