Yusufxon Nurmatov - Tong otmagay

Tong otmagay, kun o`tmagay,
Ko`zlaringni ko`rmasam.
Shomda quyosh ham botmagay,
Ko`zlaringni ko`rmasam.

Ko`zing yulduzdan charog`on-charog`on,
Yuzing kunduzdan charog`on-charog`on,
Menga ne kerak jahon-jahon,
Ko`zlaringni ko`rmasam?

Tong otmagay, kun o`tmagay,
Ko`zlaringni ko`rmasam.
Shomda quyosh ham botmagay,
Ko`zlaringni ko`rmasam.

Izlab har kun giryonda,
Ne qilaman jahonda,
Uyg`onib erta tongda,
Ko`zlaringni ko`rmasam? (x2)

Tong otmagay, kun o`tmagay,
Ko`zlaringni ko`rmasam.
Shomda quyosh ham botmagay,
Ko`zlaringni ko`rmasam.

Yuragim sen deb so`zlar
Va doim sen deb bo`zlar,
Menga ne kerak ko`zlar,
Ko`zlaringni ko`rmasam? (x2)

Tong otmagay, kun o`tmagay,
Ko`zlaringni ko`rmasam.
Shomda quyosh ham botmagay,
Ko`zlaringni ko`rmasam.

Tong otmagay, kun o`tmagay,
Ko`zlaringni ko`rmasam.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi, Shaxri - Zing-zing
Ulug'bek Rahmatullaev - Ota-onam xoji qilaman
Shahzoda - Jajji qizaloq
Botir Qodirov - Sen o’zing
Alisher Zokirov - Yuragim o’zing


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты