Sherbek Shodiyev - Gulisa

Gulisa, Gulisa, Gulisa…

Isming asli “gul isi”,
Izing misli gul izi.
Gulisajon, Gulisa,
Sen qaysi boyning qizi?

Izlaringda yursam ham,
Nozlaringni ko`rsam ham,
Qarab, ko`rmaysan meni,
Men yo`lingda tursam ham.
Gulisa, Gulisa, Gulisa.

Oq yuzing oydan tiniq,
(Gulisajon, Gulisa)
Tovushing soydan tiniq,
(Gulisajon, Gulisa)
Ko`yingda bormu yana
Men kabi ko`ngli siniq?

Qoshing o`tar qalamdan,
(Gulisajon, Gulisa)
Suluvsan ming sanamdan,
(Gulisajon, Gulisa)
Bir boqmasang menga sen,
(Gulisajon, Gulisa)
O`lib ketgum alamdan.

Gulisa, Gulisa, Gulisa…

Zulfingning xush atri bor,
Unga o`zim xaridor.
Jonim so`rab to`lg`onar
Yelkangdagi qirqta dor.

Izlaringda yursam ham,
Nozlaringni ko`rsam ham,
Qarab, ko`rmaysan meni,
Men yo`lingda tursam ham.
Gulisa, Gulisa, Gulisa.

Gulisa, Gulisa, Gulisa…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Shohruhxon - Yana man
Dj Project - Mi-e Dor De Noi
Dj Project - Mi-e Dor De Noi
Dj Project - Mi-e Dor De Noi
Karen Gafurjanov, VIA Sharq - Aytaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты