Sensiz, o`tadi kunlar sensiz,
Orzular endi yolg`iz.
Yig`laydi yurak unsiz,
Qayg`ular go`yo cheksiz.
Qiyin menga sevgingsiz,
Qanday unutay?
Hammadan kechib men tanladim,
Ko`zlaringdan o`zim izladim.
Endi sevgimizda yolg`izman, qara.
Yuragim ovutdim nechalar,
Vujudimni alam parchalar,
Endi meni yolg`iz armondan so`ra.
Armondan so`ra, armondan so`ra.
Yetar, azoblaganing yetar,
Ishonchim ortga qaytar.
Yuragim senla ketar,
Qanday unutay?
Hammadan kechib men tanladim,
Ko`zlaringdan o`zim izladim.
Endi sevgimizda yolg`izman, qara.
Yuragim ovutdim nechalar,
Vujudimni alam parchalar,
Endi meni yolg`iz armondan so`ra.
Armondan so`ra, armondan so`ra.
Eslatar hamon,
Muhrlanib sendan qolgan orzular,
Faqat senga ishongandim.
Sen ketding oson,
O`ylagandim bari tez unutilar,
Qayg`ular…
Hammadan kechib men tanladim,
Ko`zlaringdan o`zim izladim.
Endi sevgimizda yolg`izman, qara.
Yuragim ovutdim nechalar,
Vujudimni alam parchalar,
Endi meni yolg`iz armondan so`ra.
Armondan so`ra, armondan so`ra.
Armondan so`ra… Armondan so`ra…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: