Hislarim o`zimni qilganda so`roq,
Qalbim nafas olmas yoqqanda firoq,
Olis manzillarni ko`zladim biroq,
Ko`zim qayda edi seni ko`rmagan? {x2}
Armonlar sochiga boylandi baxtim,
Ne-ne ishq darsiga yetmadi aqlim,
Yulduzga yetguday bor edi shahdim,
Ko`zim qayda edi seni ko`rmagan? {x2}
Go`zallikda hurlarga teng ekansan,
Bahosi yo`q durlarga teng ekansan. (x2)
Izlaganim aslida sen ekansan,
Ko`zim qayda edi seni ko`rmagan?
Qiyosing topolmay ming bitta qizdan,
Ko`nglim qolganida ne-ne gulyuzdan,
So`ng baxt kutganimda bitta baxtsizdan,
Ko`zim qayda edi seni ko`rmagan? {x2}
Ortingdan termulib, oh chekib qoldim,
Visoling ko`yiga ichikib qoldim. (x2)
Endi men yashashdan kechikib qoldim,
Ko`zim qayda edi seni ko`rmagan?
Bo`larsan nurlarga cho`milgan ayol,
Shunda unutarman seni ehtimol.
Lekin qiynayverar meni bir savol:
Ko`zim qayda edi seni ko`rmagan?
Bo`larsan nurlarga cho`milgan ayol,
Shunda unutarman seni ehtimol.
Lekin qiynayverar meni bir savol:
Ko`zim qayda edi seni…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: