Ozodbek Nazarbekov - Bedorman

Uyqum kelmaydi – bedorman,
Yurak yig`laydi – bemorman. (x2)
O`kinchlaringdan, ovunchlaringdan,
Sog`inchlaringdan bezorman. (x2)
Uyqum kelmaydi-ey, bedorman.

Nurlar sochmagan, qushlar uchmagan,
Gullar ochmagan bahorman. (x2)
Bilmaysanda-yey, kelmaysanda-yey,
Sezmaysanda-yey, xumorman. (x2)
Uyqum kelmaydi, bedorman.

Sensiz netay man, qayga ketay man?
Yolg`iz o`tay man, hayronman. (x2)
Jonim qo`lingda, ne bor dilingda?
Har kun yo`lingda afgorman. (x2)

Uyqum kelmaydi-yey, bedorman,
Yurak yig`laydi, bemorman.
Uyqum kelmaydi, bedorman,
Yurak yig`laydi-yey, bemorman.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Qadr yig’laydi
Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov - Bir kami to’lmagan dunyo
Gulsanam Mamazoitova - Sog’indim ishon
Botir Qodirov - Yurak
Mango guruhi - Sensiz gulim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты