Dushmanimga do`st bo`ldim – charchadim,
Yaqinimga qo`rs bo`ldim – adashdim.
Yana kimlar chun kulishim kerak,
Dardim yashirib, kuylashim lozim.
Haqiqatga talpinaman, yordam kim berar?
Ezgu baxtni sog`inaman, buni kim sezar?
Dardlarim aytay, tinglaguvchi o`zing bo`l,
Madadlar so`ray, ko`rsatgin to`g`ri yo`l.
Dardlarim aytay, tinglagin ohlarimni,
Madadlar so`ray, yoritgin yo`limni.
Qarasam yo`lim oxiri tugul,
Hayotim misli bir qorong`i tun.
O`zligim izlab, topa olmayman,
Yorlarim sinab, vafo topmayman.
Haqiqatga talpinaman, uzoqlashar u,
Ezgu baxtni sog`inaman, bor orzuyim shu.
Dardlarim aytay, tinglaguvchi o`zing bo`l,
Madadlar so`ray, ko`rsatgin to`g`ri yo`l.
Dardlarim aytay, tinglagin ohlarimni,
Madadlar so`ray, yoritgin yo`limni.
Dardlarim aytay… yoritgin yo`limni…
Dardlarim aytay, tinglaguvchi o`zing bo`l,
Madadlar so`ray, ko`rsatgin to`g`ri yo`l.
Dardlarim aytay, tinglagin ohlarimni,
Madadlar so`ray, yoritgin yo`limni. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: