Yurak, yurak qoldi jabr ostida,
Dard atalmish og`ir ostida.
Tashqarida yo`lingga qarab,
Kutmoqdaman yomg`ir ostida.
Qo`ymayabdi yuragimda g`am,
Senda men yo`q, menda sen sal kam.
Kelmasliging bilib tursam ham,
Kutmoqdaman yomg`ir ostida.
Sanam, sanam, sanam, mani aldading,
Sanam, sanam, sanam, nega aldading?
Sanam, sanam, menga vafo qilmading,
Sanam, nega vafo qilmading? (x2)
Tilak, tilak qoldi sabr ostida,
Sevgim endi qabr ostida.
Har tomchisi o`qdek tegsa ham,
Kutmoqdaman yomg`ir ostida.
Nafsing quvlab, biroz shoshibsan,
Kutishimni yaxshi bilgansan.
Endi mendan nelar kutyabsan?
Sinmoqdaman yomg`ir ostida!
Sanam, sanam, sanam, mani aldading,
Sanam, sanam, sanam, nega aldading?
Sanam, sanam, menga vafo qilmading,
Sanam, nega vafo qilmading? (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: