Ummon - Yig’lama yurak

Sen bilan o`tgan kunlar o`tmishga aylandi,
Xazon bo`ldi orzular, armonga belandi.
Biz sevgan baxtning kuyi endi yangramaydi,
Tunlari ko`kda porlagan yulduz
Biz uchun nurlar sochmaydi.

Yig`lama yurak, yig`lama osmon,
Endi u hech qaytmaydi, sevishini aytmaydi,
Afsus begumon, hammasi tamom. (x2)

O`ylamay deyman, lekin o`ylamay bo`lmaydi,
Sog`inchlar menga qarshi, hech tinim bermaydi.
Yuzlaringdagi kulgu xayoldan ketmaydi,
Endi kimga atalar ekan u,
Aqlimga aslo sig`maydi.

Yig`lama yurak, yig`lama osmon,
Endi u hech qaytmaydi, sevishini aytmaydi,
Afsus begumon, hammasi tamom. (x2)

Sensiz kechalardan to`ydim,
Yuragimdan yondim-kuydim.
Armonlaridan, yolg`onlaridan
Sevgini tushunolmay ham qoldim.

Bir bor, bir yo`q bu sevging,
Sarson, bilmaydi yuraging.
Ketma-ket quvonch, ketma-ket azob,
Aqlimga sig`maydi, bo`la olmadik birga nahot?

Yig`lama yurak, yig`lama osmon,
Endi u hech qaytmaydi, sevishini aytmaydi,
Afsus begumon, hammasi tamom. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Maftuna Akramovaga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Farrux Xamraev Ket
Dilnoza Ismiyaminova - Kuydim
Alisher Zokirov - Yurak
UZmir - Charchadik sevgidan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты