Erkin Xudoyqulov - Yangalar

Qiz boshidan tangalar sochiladi shovullab,
Yor-yor aytsa yangalar, yurak yondi lovullab. (x2)

Oy to`lin bo`lgan kecha, yor kelin bo`lgan kecha,
Yuragimdan ayrildim, gul ko`nglim so`lgan kecha. {x2}

Armonlarga, dardlarga endi bo`ldi keragim,
Yor-yordagi zarblarga chidamadi yuragim. (x2)

Oy to`lin bo`lgan kecha, yor kelin bo`lgan kecha,
Yuragimdan ayrildim, gul ko`nglim so`lgan kecha. {x2}

Taqdir ekan vodarig`, yor yotga boqib ketdi, {x2}
Ko`z yoshim bo`ldi ariq, yuragim oqib ketdi. {x2}

Qiz boshidan tangalar sochiladi shovullab,
Yor-yor aytsa yangalar, yurak yondi lovullab. (x2)

Oy to`lin bo`lgan kecha, yor kelin bo`lgan kecha,
Yuragimdan ayrildim, gul ko`nglim so`lgan kecha. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Hamdam Sobirov - Ichimda gaplar qolib ketdi
Osman Navruzov - Yondi yurak
Alisher Fayz - Voy-voy
Yulduz Turdieva - Meni unut


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты