Gulsanam Mamazoitova - Xabar kelmas

Kunlar kunga ulandi,
Kunlar unda elandi,
Sog`inch kuyi kuylandi,
Yorim, sendan xabar kelmas. (x2)
Lekin sendan xabar kelmas.

Erib tugadi qor ham,
To`lib oqdi anhor ham,
Kelib bo`ldi bahor ham-ey,
Nechun sendan xabar kelmas,
Hanuz sendan xabar kelmas.

Dilim oqqa ko`chirdim,
Xatolarim o`chirdim,
Maktublarim uchirdim,
Biroq sendan xabar kelmas.

Maktublarim uchirdim-ey,
Biroq sendan xabar kelmas.

Do`stlar holing xarob, der,
Kutma uni, sarob, der,
Xatlarimga javob ber,
Nechun sendan xabar kelmas? {x2}

Ko`zim giryon tobora,
Manziling topsam zora,
Ilojsizman, bechora,
Nechun sendan xabar kelmas?

Ilojsizman, bechora,
Nechun sendan xabar kelmas?

Yurak kuyib, kul bo`ldi,
Dil sog`inchga qul bo`ldi,
Oylar o`tib, yil to`ldi-yey,
Hamon sendan xabar kelmas. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Feruza Normatova, Shohjahon Jo'raev - Yog‘ar qor
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Yulduz Usmonova - Bahorim bahor
Nilufar Saidova - Holing ne


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты