Faxriddin Umarov - Onajon

Bormikan onadek aziz, shirinso`z?
U bir quyosh bo`lsa, farzandi yulduz. (x2)
Qanday baxt farzandlik burchin o`tamoq,
Kumushdek sochingizni o`pib, silamoq.

Farzandim dedingiz, chekdingiz zahmat,
Onajon, ona, sizga ming rahmat.

Mehr sutin berib, meni ardoqlab,
Baxt to`la qalb bilan o`pib, quchoqlab.
Tunlari uxlamay aytib allalar,
Ertaklar aytdingizu sahar pallalar.

Tunlari uxlamay aytib allalar,
Ertaklar aytdingizu sahar pallalar.
Dedingiz: El-yurtga sodiq bo`l albat,
Onajon, ona, sizga ming rahmat.

Ona, Sizdan behad bo`ldim minnatdor,
Baxt keltirgan menga siz va shu diyor.

Sha’ningizga ming-ming kuylasam arzir,
Ona hurmatiga bosh egmoq farzdir.
Baxtimizga sog` bo`ling, ko`p yashang albat,
Onajon, ona, sizga ming rahmat.

Baxtimizga sog` bo`ling, ko`p yashang albat,
Onajon, ona, sizga ming rahmat. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Ilhom Ibrohimov - Sizga sevgim chin
Og'abek Sobirov - Onam sizga yoqmasa
O'lmas Olloberganov - Yomon bo’ldim
Iskandar Latipov - Opajonim baxtli bo’ling
Shahzoda - Men o’sha


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты