Tong otganda yonimdasiz,
Bolam, deb ko`p dard chekasiz.
O`zingizni o`ylamasdan,
Meni deb ko`p g`am yutasiz.
Baxtli kunlar mana keldi,
O`g`lingiz ham kuyov bo`ldi.
Quchog`ingiz yana to`ldi,
Ona.
Mayli, omad mendan yuz o`girsin,
Mayli, do`stlarim ham qo`l siltasin,
Mayli, lek sizning duoyingiz tufayli
Yashayapman, ona.
Mayli, omad mendan yuz o`girsin,
Mayli, ishongan do`stlarim kulsin,
Mayli, lek sizning duoyingiz tufayli
Yashayapman, ona.
Quchoqlasam onamni,
Jannat qoplar tanamni.
Menga ortiq baxt kerakmas,
Tuzatolmas yaramni.
Topib berdingiz o`zingizday
Mehribon Shahnozamni.
Parvordigor, o`zing asra
Otam bilan onamni.
Mayli, omad mendan yuz o`girsin,
Mayli, do`stlarim ham qo`l siltasin,
Mayli, lek sizning duoyingiz tufayli
Yashayapman, ona.
Mayli, omad mendan yuz o`girsin,
Mayli, ishongan do`stlarim kulsin,
Mayli, lek sizning duoyingiz tufayli
Yashayapman, ona.
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: