Bojalar guruhi - Go’zalim (solo version)

O`xxo`, o`xxo`, o`xxo`, o`xxo`, mm,
Oy, kasal bo`lganda odamga qanchalik muhtojligimni bilsang edi.
Sansiz judayam qiyin…

Seni men sog`inganda
Gitaramni sozlayman,
Ko`zlaring namlanganda
Senga qo`shiq kuylayman.

Seni men sog`inganda
Yoningga borsam deyman,
Ko`zlaring quvnaganda
Erkalab yursam deyman.

Bugun katta ko`chadan
O`tolmayman, go`zalim,
Seni ko`rib qolsam men,
So`zlolmayman so`zlarim. (x2)

Mahallangga o`tsam kech,
Derazangga tosh otsam,
Shirin uyquda uxlaysan,
Meni sira o`ylamaysan.

Yong`oq daraxt tagida
Seni o`ylab kutarman,
Sado bermasang hamon,
Uyga qaytib ketarman.

Bugun katta ko`chadan
O`tolmayman, go`zalim,
Seni ko`rib qolsam men,
So`zlolmayman so`zlarim. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Amira Alibekova - Bilsang
Zohirshoh Jo'raev - Ha-ha
Bekzod Haqqiyev - Yuragimni qaytib ber
Alisher Zokirov - Hamon-hamon
Bojalar guruhi, Dilafruz Hayitmetova - Xivamizga kelgan mehmonim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты