Faxriddin Umarov - Yo’q emish orzuda ayb

Saydi ishq bo`lgan ko`ngilga
Qo`ymangiz behuda ayb. (x2)
Bo`lsa bandi domi sayyod,
Yo`q erur ohuda ayb. (x2)

Baxtga tushgan bu ko`ngildur,
Menda ayting, na gunoh?
Dil qushiga dom qo`ygan
Ko`zlari joduda ayb.

Dil qushiga dom qo`ygan
Ko`zlari joduda ayb.

Jodu ko`zlara bandi yolg`iz
San emas, tutqun yurak. (x2)
Avvalokim, ko`hna meros –
Ishq degan tuyg`uda ayb. (x2)

Ey ko`ngil, o`z maylingla
Bo`lding ishq domiga band.
Izlama endi bahona,
Demagil tuyg`uda ayb.

Izlama endi bahona,
Demagil tuyg`uda ayb.

Senku Zuhrosan falakda,
Intizoringman faqat. (x2)
Ne qilay talpinsa ko`nglim,
Yo`q emish orzuda ayb. (x2)

Yo`q emish orzuda ayb…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Farrux Raimov - Ketmoqdaman
G'ulomjon Yoqubov - San keragimsan
Botir Qodirov - Yurak
Hamdam Sobirov - Sevgisi arzonim
Mango guruhi - Malak


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты