Og'abek Sobirov - Onam sizga yoqmasa

Jonim ikki o`t ichida yashayman,
Mehribonlar, yot ichida yashayman. (x2)
O`z uyimda begonaga o`xshayman, {x2}
Netay tole’ kulib bizga boqmasa,
Siz onamga, onam sizga yoqmasa? (x2)

Chimrilasiz, “Onam” deb gap boshlasam,
Onam ranjir, sizni suyib, xushlasam,
Og`rir qaysi barmog`imni tishlasam,
Netay tole’ kulib bizga boqmasa,
Siz onamga, onam sizga yoqmasa?

Og`rir qaysi barmog`imni tishlasam,
Netay tole’ kulib bizga boqmasa,
Siz onamga, onam sizga yoqmasa?

Yetmasmidi men otasiz o`sganim,
Bolalikda yolg`iz olov kechganim? (x2)
Zahar bo`lsa endi yegan-ichganim,
Qiyin ekan tole’ kulib boqmasa,
Siz onamga, onam sizga yoqmasa.

Netay tole’ kulib bizga boqmasa,
Siz onamga, onam sizga yoqmasa?

Mahallalar kezib, o`zi topgandi,
Kelin emas, sizni qizim degandi.
Tillo baldoq, ziraklarin taqqandi,
Qiyin ekan tole’ kulib boqmasa,
Siz onamga, onam sizga yoqmasa.

Davlat berib, bir halovat bermasa,
Tillo ko`shk bersa-yu, bir taxt bermasa,
Farzandlar bersa-yu, bir baxt bermasa,
Netay omad kulib bizga boqmasa,
Siz onamga, onam sizga yoqmasa?

Netay tole’ kulib bizga boqmasa,
Siz onamga, onam sizga yoqmasa?

Og`rir qaysi barmog`imni tishlasam,
Qiyin ekan tole’ kulib boqmasa,
Siz onamga, onam sizga yoqmasa.
Netay tole’ kulib bizga boqmasa-yey,
Siz onamga, onam sizga yoqmasa?

Qiyin ekan tole’ kulib boqmasa,
Siz onamga, onam sizga yoqmasa…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Isoqjon Jo'raxonov - Jon qizim
Ilhom Ibrohimov - Baxt bo’lsa bo’ldi
Ozoda Nursaidova - Qaynona
Hamdam Sobirov - Ichimda gaplar qolib ketdi
Anvar Sobirov - Dengiz


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты