Habiba Oxunova - Odob bilan

Har kishi topgay kamol odob bilan,
Ochilur husni jamol odob bilan.

El nazar etsin desang, mehnatsevar,
Bo`l yana shirin va bol odob bilan.

Keksa-yu yoshlarga ko`rsat iltifot,
Hech kishi topmas zavol odob bilan.

Ko`pchilik ichra tanildim har qachon,
Bu jahonda er ayon odob bilan.

El qidirgay har qachon izzat qilib,
Tanti, chin mard bo`l, halol, odob bilan. {x2}

Gafforo odobining ilmini o`qi,
Bilmasang bergil savol odob bilan.

Har kishi topgay kamol odob bilan,
Odob bilan…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Sitora Farmonova - Habiba
Habiba Oxunova - Bilmasang
Dilso'z - Bir marta sevaman
Jahongir Otajonov - Yolg’onchi yor
Bunyod Saidov - Bol baribir bol axir


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты