Bojalar guruhi - Bevafo (2018)

Bevafo, bevafo,
Dardingga yo`q davo.
Sanga bir soniyam
Ko`rmasman ham ravo.

Bevafo, bevafo,
Yo`q davo, yo`q shifo.
Bir joyda sen bilan
Tursam, yetmas havo!

Qalbimni ol desam,
Yuragimni sug`irding,
Sug`irding, oh sug`irding.
Yonimda qol desam,
O`zgaga yugurding,
Yugurding, oh yugurding.

Sani ko`ngling olay deb,
Qurbon bo`lardim, bo`lardim.
Hamisha, har zamon
Sargardon bo`lardim,
Bo`lardim, man bo`lardim.

Bevafo, bevafo,
Dardingga yo`q davo.
Sanga bir soniyam
Ko`rmasman ham ravo.

Bevafo, bevafo,
Yo`q davo, yo`q shifo.
Bir joyda sen bilan
Tursam, yetmas havo!

Endi kech, jonginam,
Parvona bo`lmagin,
Bo`lmagin, yor, bo`lmagin.
Ko`zlaring o`ynatib,
Mastona kulmagin,
Kulmagin, qo`y, kulmagin.

San uchun begona
Ahd-u vafo, ibolar, xayollar.
Mayli, o`zga yonida
Gulla, yashna, o`ynagin,
O`ynagin, san quvnagin.

Bevafo, bevafo,
Dardingga yo`q davo.
Sanga bir soniyam
Ko`rmasman ham ravo.

Bevafo, bevafo,
Yo`q davo, yo`q shifo.
Bir joyda sen bilan
Tursam, yetmas havo!

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Ummon - Yo`qol
O'lmas Olloberganov - Qurbon o’lam
Zamir - San-san
Azim Mullaxonov - Janona o’ynaysiz
Bojalar guruhi, Rayhon - Yalle-yalle


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты