Bahodir Mamajonov - Qaydan bilsin

Mehnatsiz turmushga ko`ngil boylagan,
Elim deb ko`ksiga mushtin urmagan,
To`rtta jo`jasiga katak qurmagan,
Otaning qadrini qaydan ham bilsin? {x2}

Labda qizil bo`yoq, egnida nimcha,
Kiygani uzun kun tor-tajang shimcha,
Chiroyiga bino qo`ygan oyimcha
Yigitning dardini qaydan ham bilsin? {x2}

Chiroyiga bino qo`ygan oyimcha
Yigitning dardini qaydan ham bilsin? {x2}

Ishq bu – kimlar uchun bir umr armon,
Kimga hasrat, kimning dardiga darmon. (x2)
Ro`zg`or nimaligin bilmagan nodon
Xotinning farqini qaydan ham bilsin? {x2}

Ro`zg`or nimaligin bilmagan nodon
Xotinning farqini qaydan ham bilsin? {x2}

Dasti baland bo`lar deydilar sherning,
Qadri baland bo`lar tug`ilgan yerning. (x2)
Xotinlar tavakkal topilgan erning
Mardu-nomardini qaydan ham bilsin? {x2}

Xotinlar tavakkal topilgan erning
Mardu-nomardini qaydan ham bilsin? {x2}

Oh, bu inson zoti aqldan tongan,
Mol-dunyo xirsida yongani-yongan.
Xudo oldidagi uzolmay qolgan
Bir dunyo qarzini qaydan ham bilsin? {x4}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Shaxriyor - Tashlandiq
Iroda Dilroz - Qanday baxtliman
Ulug'bek Rahmatullaev - Qaytar dunyo
Hosila Rahimova - Elim
Ozodbek Nazarbekov - Oh kimga yomon


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты