Oybek va Nigora - Iltijo

Hayotning har sinov yo`lidan yurdim,
Bir mehribon izlab, yeldim-yugurdim.
Ostonalarga boshimni urdim hatto –
Chiqmadi sado…

Yor deganim ham yuz burdi-yu ketdi,
Do`st bilganim ham bir kuldi-yu ketdi.
Shunda bildimki, do`st-yor o`zingsan tanho,
Yo rabbim Alloh.

Yagona O`zing mani do`stimsan,
Jonim ichra jonu-nafasimsan.
Bu yolg`on dunyodagi rostimsan,
Olamlar aro O`zing tanho (x2)
Baxtimsan.

Subhanalloh, Subhanalloh, {x2}
Subhanalloh, Alhamdulillah, {x3}
Subhanalloh.

Kimlarga ishonib, adolar bo`ldim,
Kimlarga suyanib zadalar bo`ldim.
Bilganim shuki, qanchalar qildim xato,
Kechir, yo Alloh.

Yiqilsam, tursam, panohimsan O`zing,
Qaylarda bo`lsam hamrohimsan O`zing.
Abad O`zingga bordur ehtiyojim tanho,
Alhamdulilloh.

Yagona O`zing mani do`stimsan,
Jonim ichra jonu-nafasimsan.
Bu yolg`on dunyodagi rostimsan,
Olamlar aro O`zing tanho (x2)
Baxtimsan.

Yagona O`zing mani do`stimsan,
Jonim ichra jonu-nafasimsan.
Bu yolg`on dunyodagi rostimsan,
Olamlar aro O`zing tanho (x2)
Baxtimsan.

Subhanalloh, Subhanalloh, {x2}
Subhanalloh, Alhamdulillah, {x3}
Subhanalloh.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bahrom Nazarov - Xato qildim
Ulug'bek Rahmatullaev - Meni kechir
Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi
Jasur Umirov - Kechir
Ilhom Ibrohimov - Yo Rabbim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты