Anvar Sanayev - Yig’lama

Qo`ygin, yig`lama,
Singiljonim, ko`nglimni buzma.
Ko`z yosh to`kib,
Boshing egib, bag`rimni ezma.

Bu keng dunyoda
Bir o`zingni begona sezma.
Aldovlardan umid so`nib,
Yashashdan bezma.

Yig`lama qo`y, yig`lama qo`y,
Yig`lama qo`y, mening jon singlim. (x2)

Qo`ygin, yig`lama,
G`amgin damlar o`tib ketadi.
Baxting kulib,
Yaxshi kunlar kelib yetadi.

Seni xo`rlab,
Qon yig`latgan o`sha kimsani
Ko`z yoshlaring
Girdobida xor-zor etadi.

Yig`lama qo`y, yig`lama qo`y,
Yig`lama qo`y, mening jon singlim. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Sardor Mamadaliyev - Hayot davom etadi
Shahzod Murodov - Yaxshi singlim
Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Mirjon Ashrapov - To’ying muborak singlim
Mango guruhi - Dilorom


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты