Isroil Saidumarov - Farishtamsan

Devona dil yo`llaringda,
Shirin jonim qo`llaringda,
Yondi qalbim, sevgim qiynoqlaringda.
Ohu-nolam dillarimda,
Yor, surating qo`llarimda,
Ko`p adashdim firoqlaringda.

Farishtamsan aqlim olgan,
Yurakka ishq o`tin solgan.
Xayollarim senla qolgan,
Bevafo yorim.

Farishtamsan aqlim olgan,
Yurakka ishq o`tin solgan.
Xayollarim senla qolgan,
Begona yorim.

Qalbimdasan kecha-kunduz,
Yuragimda so`nmas yulduz,
Sen yashaysan shirin ertaklarimda.
Aytolmayin hatto bir so`z,
Kutib seni, giryondir ko`z,
Armon bo`lding yuraklarimda.

Farishtamsan aqlim olgan,
Yurakka ishq o`tin solgan.
Xayollarim senla qolgan,
Bevafo yorim.
Farishtamsan aqlim olgan,
Yurakka ishq o`tin solgan.
Xayollarim senla qolgan,
Begona yorim. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Mahmud Namozov - Ohu-voh
Шахзода - Nolam
Shahzoda - Nolam
Shohsanam - Devona qilsin


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты