Tor ko`chalar torligini qildiku bugun,
Yangalaring yuragimni yuldiku bugun.
Sochlaringning jilosiga qo`lim yetmadi,
Ular seni sevishimga parvo etmadi.
Alamlarga ko`milganim kammidi mani,
Ko`zda yoshda cho`milganim kammidi mani?
Uzoqlarga olib ketar bo`ldilar sani,
Azoblarga ko`milganim kammidi mani?
Lolam, mani lolam,
Gullardan chiroyligim, lolam.
Lolam, yetmadi nolam,
Kimlarga sotilding, lolam? (x2)
Endi uni butun umr o`zga erkalar,
Ko`zidagi tomchi yoshi qalbim tilkalar.
Yetolmadim sevganimga, ojizman axir,
Bo`ldi endi yig`lamagin, o`rtanma bag`ir.
Muhabbatim so`lib borar atirgul misol,
Endi o`sha nozik qo`llar begona visol.
Yurakdagi tuyg`ularim o`rniga nafrat,
Qalbim seni, seni sevar, bilgin to abad.
Lolam, mani lolam,
Gullardan chiroyligim, lolam.
Lolam, yetmadi nolam,
Kimlarga sotilding, lolam? (x2)
Бошка кушик матнлари: