Rayhon - Yurak

Yuragimni ezar bir savol,
Xo`rlangandek alam yutaman.
Sensiz muzlab qolgandek tanam,
Dardlarimni ichga yutaman.

Afsus, meni tushunmaysan, yo`q,
Manzilim yo`q, ketaveraman.
Ko`ksim uzra otilgandek o`q,
Nega seni sevaveraman?

Aldangan yurak yana, yana, yana, yana,
Aldandi yurak yana, yana, yana, yana.
Eshitgin falak,
Yurak, xasta bu yurak aldandi.

Aldangan yurak yana, yana, yana
Uni qo`msaydi yurak.
Yana, yana, yana uni sog`indi yurak,
Yurak, xasta bu yurak aldandi.

Zulmat menga bu dunyo sensiz,
Kelmasang ham kutaveraman.
Yomg`irlardek oqar ko`zyoshim,
Dardlarimni ichga yutaman.

Yurak urar, tanamda jon yo`q,
Muhabbatdan sovib ketaman.
Nafratimni yengolmay kuchsiz,
Nega seni sevaveraman?

Aldangan yurak yana, yana, yana, yana,
Aldandi yurak yana, yana, yana, yana.
Eshitgin falak,
Yurak, xasta bu yurak aldandi.

Aldangan yurak yana, yana, yana
Uni qo`msaydi yurak.
Yana, yana, yana uni sog`indi yurak,
Yurak, xasta bu yurak aldandi.

(Menga bo`lgan xohishing bul
Suyulish, suyish, suyukli bo`lishda erkinlik tuyish.
Ayt, dardlaring ne?
Garchi g`ulomlikda yangramas bir soz,
Garchi g`ulomlikka arzimas hech bir buyuk noz,
Men baribir oshuftahol, baribir oshiq,
Majnunlikda saodat topgan.
Ayt, men seni unutsam, qanday yashayman?)

Aldangan yurak yana, yana, yana, yana,
Aldandi yurak yana, yana, yana, yana.
Eshitgin falak,
Yurak, xasta bu yurak aldandi.

Aldangan yurak yana, yana, yana
Uni qo`msaydi yurak.
Yana, yana, yana uni sog`indi yurak,
Yurak, xasta bu yurak aldandi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Isroil Saidumarov - Rayhon
Oybek va Nigora - Xavotirdaman
Ummon - Sevaveraman
Sevinch Mo'minova, Vohidjon Isoqov - Sensiz
Alisher Fayz - Rayhon


Комментарии 1

3opku a
nodir meni aldading a hali afsuslanasan
26 февраля 2021 16:28

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты