Ulug'bek Rahmatullaev - Alvon lolalar

Alvon lolalar, alvon lolalar,
Sevgim qadri bo`ldi arzon, lolalar.

Dil berib, bog`landim yorga men qachon?
Dil berib adashdim, ezdi pushaymon.
Bevafo dastidan, hijron qasdidan,
Sizning bargingizday mening bag`rim qon. (x2)

Alvon lolalar, alvon lolalar,
Sevgim qadri bo`ldi arzon, lolalar. (x2)

Armonlar azobi ezdi bu yelkam,
Ming topsang, baribir bo`larkan bir kam. (x2)
Sevgi deganlari biz uchun ertak,
Birda bor ekan-u birda yo`q ekan. (x2)

Alvon lolalar, alvon lolalar,
Sevgim qadri bo`ldi arzon, lolalar. (x2)

Uni uchratgandim lola saylida,
Baxt topganday edim o`shal Laylida.
Sevgi taqdirida, sevgi yo`lida
Peshonam sho`r ekan, netay, maylida.

Alvon lolalar, alvon lolalar,
Sevgim qadri bo`ldi arzon, lolalar. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Subxan - Lola
Shoxrux - Hayr bevafo
Janob Rasul - Ming’ir-ming’ir
Sahar - Lola
Lola, Tohir Sodiqov - Undan nimam kam


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты