Malika Egamberdiyeva - Yor-yor

Qishlog`imning bog`ida
Anor pishdi, yor-yor,
O`shal bog`bon yigitga
Ishqim tushdi, yor-yor.

Jaranglagan qo`lida
Tori bo`lsam, yor-yor.
O`shal bog`bon yigitning
Yori bo`lsam, yor-yor.

Jaranglagan qo`lida
Sozi bo`lsam, yor-yor.
O`shal bog`bon yigitning
Yori bo`lsam, yor-yor.

Beqasam to`n egnida
Jimirlaydi, yor-yor.
Har ko`rganda yuragim-ey
Jig`illaydi, yor-yor. (x2)

Jaranglagan qo`lida
Sozi bo`lsam, yor-yor.
O`shal bog`bon yigitning
Yori bo`lsam, yor-yor. (x2)

Yurtim ulug` to`yida-yey
Birga bo`lsak, yor-yor.
Davru-davronlar surib,
Shodon bo`lsak, yor-yor.

Jaranglagan qo`lida
Sozi bo`lsam, yor-yor.
O`shal bog`bon yigitning
Yori bo`lsam, yor-yor. (x2)

Yori bo`lsam, yor-yor,
Ho, yori bo`lsam, yor-yor.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Tohir Sodiqov - Malika
Haytik, Otash - Qishlog’imning qizlari
Tohir Usmonov - Anor
Bojalar guruhi - Malikam
Dj Piligrim - Ko’k choy


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты