[Shohruhxon]
Umr bir bora berilib,
Yana omonat bo`lsa,
Me’yori yo`q nafsni deb
Yana uvol ketsa…
[Shahnoz]
Hech qachon yetmas
Insonning qo`li osmonga,
Hayot qonuni axir barobar
Shoh ham gadoga.
[Shohruhxon]
Taqdirda har kimga berilgan,
Yozilgan nasibasi bor.
[Shahnoz]
Afsuski, dunyoda
Buni tushunmagan bor.
Taqdirga tan berib,
Kimdir chidar boriga.
[Shohruhxon]
Shu iymon, shu bardosh
Bo`lsa qani har kimda.
[Shahnoz]
Alamlidir badavlat bo`lib,
Baxting bo`lmasa.
Alamlidir oltin hayoting
Mehrga zor bo`lsa.
[Shohruhxon]
Hech qachon yetmas
Insonning qo`li osmonga,
Hayot qonuni axir barobar
Shoh-u gadoga.
[Shahnoz]
Taqdirda har kimga yozilgan,
Berilgan nasibasi bor.
[Shohruhxon]
Afsuski, dunyoda
Bunga ko`nmaganlar bor.
Taqdirga tan berib,
Kimdir chidar boriga.
[Shahnoz]
Shu iymon, shu bardosh
Bo`lsa qani har kimda.
[Shohruhxon]
Taqdirda har kimga berilgan,
Yozilgan nasibasi bor.
[Shahnoz]
Afsuski, dunyoda
Buni tushunmagan bor.
[Shohruhxon]
Taqdirga tan berib,
Kimdir chidar boriga.
[Shahnoz]
Shu iymon, shu bardosh
Bo`lsa edi har kimda.
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: