Faxriddin Umarov - Mehmon aziz

Jon shirindir, jon aziz, {x2}
Bundan go`zal jonon aziz.
Joni jonimdan vale
Yo`qlab kelar mehmon aziz.

Joni jonimdan vale
Yo`qlab kelar mehmon aziz.

Bosh egish burchim mudom,
Shunday azizlar qoshida. (x2)
Umr emas, do`stlar bilan
Suhbatda o`tgan on aziz. (x2)

Eng azizlardan aziz
Xalqim uchun parvonaman. {x2}
Chunki ul kashf aylagan
Nomim yo`q, davron aziz. (x2)

Naylagay erdim vatansiz
Man bu davron lazzatin?
El-u yurtim va hayot-u
Nozi-ne’mat, non aziz. {x2}

Tinmayin g`ayrat bilan,
San’atim bog`in kezay. {x2}
Man uchun baxtimni kuylash
Yo`lida imkon aziz.

Jon shirindir, jon aziz, {x2}
Jondan go`zal jonon aziz.
Jon-u jonondan valekin
Yo`qlab kelar mehmon aziz.

Jon-u jonondan valekin
Yo`qlab kelar mehmon aziz.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Zamir - San-san
Kamoliddin Rahmatov - San’atim
Yulduz Usmonova - O’zingdan qo`ymasin xalqim
Mahmudjon Azimov - Adashmagin
Aziz Rajabiy - Nozi bor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты