Zulayho Boyxonova - Ayol

Avaylangiz ayol zotini,
Do`st-u dushman bilsa, bilmasa.
Eshitmasin nola, dodini,
Dunyo yig`lar ayol yig`lasa.

Bisotimiz, hayotimiz – U,
Suyanchimiz, najotimiz – U,
Qo`llab turgan qanotimiz – U,
Samo yig`lar ayol yig`lasa. (x2)

Ayolga deb gul ekiladi,
U yo`q joyda hayot so`ladi.
Undan jannat isi keladi,
Xumo yig`lar ayol yig`lasa.

Boshimizga qo`ngan baxtimiz,
G`animatimiz-u naqdimiz.
“Sen”, demoqqa yo`qdir haqqimiz,
Xumo yig`lar ayol yig`lasa.

Hayot berar baxr-u barlarga,
Quyosh bo`lib kirar qalblarga.
Onadir U payg`ambarlarga,
Daryo yig`lar ayol yig`lasa.

Unga bexisht gullarin atang,
Boshidan zar soching daf’atan.
Xudo haqqi, faqat yig`latmang,
Xudo yig`lar ayol yig`lasa.

Eshitmasin nola, dodini,
Dunyo yig`lar ayol yig`lasa. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
Sardor Mamadaliyev - 52 vatandosh xotirasiga
Yulduz Usmonova - Ayol
Firdavs - Qaro soching
Sherali Jo'rayev - El bilsa bo’ldi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты