Azim shahrim Samarqand,
Mehmonlarga nigoron.
Keling do`stlar, o`rtoqlar,
Bunda orom topar jon.
Keling do`stlar, o`rtoqlar,
Bunda orom topar jon.
So`lim diyor, ming yillardan
Nishona shahrim.
Tarix o`zing, dostonlarda
Afsona shahrim.
Paxtakorlar o`lkasida
Mardona shahrim.
Zarafshonim, oshiyonim,
Jonim Samarqand.
Zarafshonim, oshiyonim,
Jonim Samarqand.
Har tong quyosh Registonni
Zarga bo`yarmu?
Me’morlaring bahor naqshin
Hamon o`yarmu?
Shaydo dillar chiroyingga
Aytchi, to`yarmu?
Ishq dostonim, g`azalhonim,
Jonim Samarqand.
Ishq dostonim, g`azalhonim,
Jonim Samarqand.
O`zbek elin chiroyisan,
Mehnat diyori.
Bog`laringga to`kar jilo
O`lkam bahori.
Tinchlik uchun qilar fido
Jonin aholi.
Mehribonim, posbonim,
Jonim Samarqand.
Mehribonim, posbonim,
Jonim Samarqand.
Gulistonim, oshiyonim
Jonim Samarqand.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: