Meni oq yuvib, meni oq tarab,
Menga umrin bag`ishlab,
Yaxshi-yomonni ajrat, deb, bolam,
So`zlardi ota-onam.
Menchi noshud, taltayib, nazarga ilmay,
Hech bir so`zga kirmadim.
Kirdim yomon ko`chaga Xudodan qo`rqmay,
Hech kimni ayamadim.
Onajon, kechiring, mehringiz bilmadim,
Men o`g`il bo`lib, hayotda sizga yaramadim.
Otajon, kechiring, g`animat so`zingiz,
Sog`inib endi pushaymon noqobil o`g`lingiz.
O`zingiz yemay, o`zingiz ichmay,
O`stirdingiz, onajon.
Bor umidingiz, bor ishonchingiz
Oqlolmadim, otajon.
Qancha endi yig`lamay, qancha dodlamay,
Gunoh bo`lmas jazosiz.
Faqat siz menga kuymang, shundoq ham yetar
Chekkan ozorlaringiz.
Onajon, kechiring, mehringiz bilmadim,
Men o`g`il bo`lib, hayotda sizga yaramadim.
Otajon, kechiring, g`animat so`zingiz,
Sog`inib endi pushaymon noqobil o`g`lingiz.
Onajon, onajon… kechiring onajon…
Kechiring onajon… Onajon… onajon…
Onajon, kechiring, mehringiz bilmadim,
Men o`g`il bo`lib, hayotda sizga yaramadim.
Otajon, kechiring, g`animat so`zingiz,
Sog`inib endi pushaymon noqobil o`g`lingiz. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: