Anvar Sanayev - Azizam

Bu dunyoning yarmi baxt, yarmi qayg`u, azizam,
Bu dunyoning yarmi dard, yarmi kulgu, azizam.
Bu dunyoning yarmi chin, yarmi yolg`on, azizam,
Bu dunyoning yarmi do`st, yarmi dushman, azizam.

Ikki yorti bir butun bo`lolmadik, azizam,
Ishqimizga umrlar tilolmadik, azizam.
Hech bo`lmasa baxtim deb, meni alda, azizam,
Sochlaringni silashga qo`lim kalta, azizam.

Bu dunyoning yarmi baxt, yarmi qayg`u, azizam,
Bu dunyoning yarmi dard, yarmi kulgu, azizam.
Bu dunyoning yarmi o`ch, yarmi alam, azizam,
Bu dunyoning yarmi to`y, yarmi motam, azizam.

Ikki yorti bir butun bo`lolmadik, azizam,
Ishqimizga umrlar tilolmadik, azizam.
Hech bo`lmasa baxtim deb, meni alda, azizam,
Sochlaringni silashga qo`lim kalta, azizam.

Tilimga bir so`z keldi, shu asnoda, azizam: {x2}
Uchrashamiz ikkimiz u dunyoda, azizam! {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art) va Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Bu bir kam dunyo
Mahmud Namozov - Alamo
Ozoda Nursaidova - Alam
Munisa Rizayeva - Gulg’uncha
Muzaffar Abduazimov - Zamon keldi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты