Bugun qabringga boshimni qo`ydim,
Bugun qabringga yoshimni to`kdim.
Bugun qabringdagi qumni ko`zimga surtib,
Qon bo`lgan yuragimni tirnadim, yuldim.
Qadring yomon bilindi sevgidan kuyganimda,
Qadring yomon bilindi hayotdan to`yganimda.
Qadrsizga yor bo`ldim, qadri yo`qga zor bo`ldim,
Qadring yomon bilindi, qadring yomon.
Jannati bo`lgin, mani yagonam,
Jannati bo`lgin, mani bir donam.
Qadring yomon-yomon bilindi,
Jannati bo`lgin, mani yagonam.
Sensizlik og`ir, yolg`izlik og`ir,
O`ksib-o`ksib tamom bo`laman oxir.
Ko`zlaringsiz qiynaldim, so`zlaringsiz qiynaldim,
Sevgingsiz qiynaldim, mehringni sog`inib.
Kerakmas menga o`zga,
Yurak ko`nmaydi so`zga.
Yoshlarim oqar yuzga,
Kerakmas menga o`zga.
Bugun qabringga boshimni qo`ydim,
Bugun qabringga yoshimni to`kdim.
Bugun qabringdagi qumni ko`zimga surtib,
Qon bo`lgan yuragimni tirnadim, yuldim.
Sensizlik og`ir, yolg`izlik og`ir,
O`ksib-o`ksib tamom bo`laman oxir.
Jannati bo`lgin, mani yagonam,
Jannati bo`lgin, mani bir donam.
Qadring yomon-yomon bilindi,
Jannati bo`lgin, mani yagonam.
Бошка кушик матнлари: